Yo'lovchilarga
Birinchi 3 safar yarim narxda
- Har bir safarda 3 000 so'mgacha chegirma
- Ro'yxatdan o'tishingiz bilan avtomatik ishlaydi
- Chegirmani YoGo to'laydi, haydovchi to'liq haqini oladi
Shahringiz uchun taksi ilovasi
YoGo yaqin atrofdagi bo'sh haydovchini topadi, narxni buyurtma berishdan oldin ko'rsatadi, mashina yetib kelguncha esa uni xaritada kuzatib turasiz.
Ishga tushirish bonuslari
Yo'lovchilarga
Haydovchilarga
Yo'lovchilar uchun
Qo'ng'iroq qilib manzilni tushuntirish shart emas. Xaritada belgilang, narxni ko'ring, tasdiqlang.

Ilovani ochishingiz bilan atrofdagi bo'sh mashinalar va ular necha daqiqada yetib kelishi ko'rinadi.

Eko, Komfort, Biznes yoki Elektr: narxi, qanday mashinalar kelishi, o'rindiq va yuk joyi buyurtmadan oldin ko'rinadi.

Ism, reyting, mashina rusumi va davlat raqami. Ilovadan qo'ng'iroq qilish yoki yozish mumkin.

Safarni yaqinlaringizga ulashing, ular yo'lingizni jonli kuzatadi. Kerak bo'lsa, SOS tugmasi doim yoningizda.
1"Qayerga borasiz?" qatoriga yozing yoki xaritada nuqtani belgilang: Markaziy bozor, Avtostansiya, Tuman hokimligi.
2Narxni ko'rib, "Buyurtma berish" tugmasini bosing. Eng yaqin haydovchiga darhol yuboriladi.
3Mashina raqami va rangi ilovada. Safar oxirida naqd to'laysiz va haydovchini baholaysiz.
Bir daqiqada ko'ring
Yangi
Bitta ilovada: shahar ichida taksi, restorandan taom va boshqa shaharga reys.


Ovqat
Shahardagi restoranlar menyusini ilovada ko'ring, savatga soling va buyurtma bering. Kuryer taomni eshigingizgacha olib keladi.


Shaharlararo
Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga haydovchilar oldindan e'lon qilgan reyslar. Kun va vaqtni tanlab, joy band qilasiz.


Haydovchilarga
Boshqa shaharga ketyapsizmi? "Reyslar" bo'limida yo'nalish, vaqt, joylar soni va narxni kiriting, yo'lovchilar o'zi band qiladi.
Haydovchilar uchun
Shahringizdagi buyurtmalar ilovaga keladi. Qachon onlayn bo'lishni o'zingiz hal qilasiz.

Buyurtmani qabul qilishdan oldin narx, yo'lovchi sizdan qancha uzoqdaligi va manzillarni ko'rasiz.

Hozir qayerda buyurtma ko'pligi xaritada bo'yalgan. Bo'sh turmasdan o'sha tomonga yuring.

Yandex yoki Google navigatori o'zi ochiladi. Yo'lovchidan qancha naqd olishingiz katta yozilgan, safar esa surib yakunlanadi.

Bugungi daromad va safarlar soni doim ekran tepasida. Bir tegishda kun, hafta va oy bo'yicha grafiklar ochiladi.
1"YoGo Haydovchi" ilovasini o'rnating va telefon raqamingiz bilan kiring.
2Ism, selfi, haydovchilik guvohnomasi, mashina ma'lumotlari va texnik pasport rasmi. Hammasi ilova ichida.
3Hujjatlar tekshirilgach SMS keladi. "Liniyaga chiqish" tugmasini bosing va buyurtma oling.
Haydovchi ilovasi ishda
Xizmatlar

Har kungi qatnov uchun eng arzon tarif.

Yangiroq, keng salonli mashinalar.

Yuqori toifadagi mashinalar.

Elektromobillar: shovqinsiz, hidsiz va Komfortdan arzonroq.

Hujjat, sovg'a yoki bozordan xaridni manzilga yetkazamiz.

Shahardagi restoranlardan taom buyurtma qiling, kuryer eshigingizgacha olib keladi. Kuryerga naqd to'laysiz.

Viloyatlarga reyslar: o'rindiqni o'zingiz tanlaysiz, posilka ham yuborish mumkin. Haydovchiga naqd to'laysiz.
Savollar
Safar oxirida haydovchiga naqd pul bilan. Ilova to'lanadigan summani oldindan ko'rsatadi.
Ro'yxatdan o'tgan har bir yangi yo'lovchining birinchi 3 safari yarim narxda, har safarda 3 000 so'mgacha. Narx ilovada chizilgan eski narx yonida ko'rinadi. Promokod kiritish shart emas.
YoGo shaharma-shahar ochiladi, birinchi shahar Qorako'l tumani. Har bir yangi shahar mahalliy hamkor bilan ishga tushadi. Shahringizda hali bo'lmasa, uni o'zingiz ochishingiz mumkin: "Taksi park ochish" bo'limiga qarang.
Ilovada "Ovqat" bo'limini oching, restoranni va taomlarni tanlang. Restoran buyurtmani qabul qilgach, taom tayyor bo'lishi bilan kuryer olib keladi. To'lov kuryerga naqd: taom narxi va yetkazish.
"Shaharlararo" bo'limida qayerga va qaysi kuni borishingizni tanlang, reyslar ro'yxatidan mosini oching va salon sxemasidan o'rindiq belgilang. Haydovchiga naqd to'laysiz, jo'nashdan 3 soat oldingacha bekor qilish bepul.
Har bir haydovchi hujjatlari tekshirilgandan keyin ishga chiqadi. Safar paytida uni yaqinlaringizga ulashishingiz va SOS tugmasini bosishingiz mumkin.
Birinchi 90 kun 0%. Undan keyingi shartlar ilovada oldindan e'lon qilinadi.
Hamkorlik · Taksi park ochish
Texnologiya bizdan: ilovalar, boshqaruv paneli, server va ishga tushirish tajribasi. Shahringizni siz yaxshi bilasiz: haydovchilar, mijozlar va mahalliy reklama sizda. Birga ishga tushiramiz.
Tadbirkorlar uchun
Shahringizda zamonaviy taksi xizmati yo'q yoki kam. YoGo bilan noldan ochasiz: haydovchilarni yig'asiz, biz tizimni sozlaymiz va ishga tushirishni birga o'tkazamiz.
Dispetcherlik xizmatlari uchun
Qisqa raqamli taksi xizmatingiz bor. Raqamingiz va haydovchilaringiz o'zingizda qoladi: operator qo'ng'iroqni panelga kiritadi, buyurtma eng yaqin haydovchiga o'zi boradi, yangi mijozlar esa ilovadan buyurtma beradi.
Avtopark egalari uchun
Bir nechta mashina va haydovchingiz bor. Ularni YoGo'ga ulab, doimiy buyurtma oqimini olasiz va har bir haydovchining safarlari va daromadini panelda ko'rib turasiz.
Daromad shahringizdagi safarlar komissiyasidan keladi va hamkor bilan YoGo o'rtasida bo'linadi. Ulush, ishga tushirish xarajatlari va shahar bo'yicha alohida huquq har bir shahar uchun shaxsan kelishiladi.
Birinchi shahar Qorako'l tumanida tizim to'liq ishlayapti: yo'lovchi va haydovchi ilovalari, boshqaruv paneli va operator rejimi. Uchrashuvda hammasini jonli ko'rsatamiz.
YoGo ilovasini yuklab oling va telefon raqamingiz bilan kiring. 1 daqiqa vaqt oladi.